Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Debyutant jamoa futbolchisi "Liverpul"ni kuchaytiradi

Debyutant jamoa futbolchisi "Liverpul"ni kuchaytiradi

Автор: admin

Bozori chaqqon
Aslida “Brayton”ga tegishli bo‘lgan Ben Uayt mavsumni ijara asosida “Lids” jamoasida o‘tkazdi va Marselo Belsa shogirdlarining premer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga munosib hissa qo‘shdi.
22 yoshli angliyalik himoyachi o‘z o‘yini bilan grand klublar e’tiboriga tushdi. Angliya chempioni “Liverpul” Uayt uchun 20 million funt taklif qilmoqda.
“Brayton” esa bu transferdan yaxshigina foyda qilmoqchi va uning narxini 40 million funtga baholamoqda.
Bu summani “Chelsi” to‘lashga tayyor. Faqat buning uchun “aristokratlar” Antoni Ryudigerni boshqa jamoaga sotib yuborishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Frenk Lempard “Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz uchun ham 20 million evro berishga rozi bo‘lgan.
104   
Добавить комментарий
Ваше имя: *