Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pogba «MYU»dan yangi shartnoma kutmoqda

Pogba «MYU»dan yangi shartnoma kutmoqda

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba Yevropa Ligasi yakunlangach, klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlashga umid qilmoqda.
Sky Sports'ning ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli fransuz jamoadan mamnun va mankunianliklarning taklifiga rozi bo‘lishi ehtimoli katta.
Shuningdek, «Manchester Yunayted» yarimhimoyachi Jessi Lingardning amaldagi shartnomasi masalasini hal qilishi kerak. Jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher 27 yoshli inglizning «MYU»da qolishini istaydi, ammo unga o‘yin vaqti to‘liq kafolatlanmaydi. 
Ma’lumot uchun, ikkala futbolchining shartnomalari 2021 yilda tugaydi. Ammo bitimlarda uni 1 yilga uzaytirish varianti ham mavjud.
Ma’lumot uchun, Pogba yakunlangan mavsumda APLda 16ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi. U mavsumning yarmini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi.
58   
Добавить комментарий
Ваше имя: *