Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Arsenal» va «Roma» yarimhimoyachilarini almashishi mumkin

«Arsenal» va «Roma» yarimhimoyachilarini almashishi mumkin

Автор: admin

«Arsenal» va «Roma» o‘yinchi almashtirish borasida muzokaralarga kirishishgan.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, klublar yarimhimoyachilar Lukas Torreyra va Amadu Diavarani  almashtirishni muhokama qilishmoqda.
«To‘pchilar» 23 yoshli Diavaraga 5 yillik shartnoma taklif qilishgan. 24 yoshli Torreyra esa hozircha Rim klubiga rozilik bermagan.
Avvalroq urugvaylik futbolchiga Italiyaning boshqa jamoasi «Milan» ham qiziqish bildirayotgani haqida aytilgandi.
Torreyra o‘tgan mavsumda APLda 29ta bahsda 1ta gol urgan, Diavara esa A Seriyada 22ta o‘yinda 1ta to‘p kiritgan.
49   
Добавить комментарий
Ваше имя: *