Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Sulsher orzusidagi to‘rt futbolchi

Sulsher orzusidagi to‘rt futbolchi

Автор: admin

U kimni tanlaydi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Borussiya” yulduzi Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olmaganidan keyin e’tiborini boshqa hujumkor futbolchilarga qaratishga majbur bo‘lmoqda.
Birinchi navbatda, Sulsher “Real”dagi holatidan norozi bo‘lib yurgan 20 yoshli Vinisius Juniorga jiddiy qiziqmoqda. Manchesterliklar braziliyalik futbolchining transferini to‘liq sotib olishga tayyor.
Taniqli agent Jorje Mendesh esa, “Barselona” kelajagi hisoblangan Ansu Fatini Manchesterga ko‘chirib kelmoqchi. Biroq, buni amalga oshirish qiyin masala. Chunki kataloniyaliklar yosh futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan va unga ko‘ra, Fatining badal puli 400 million evro qilib belgilanadi.
Shuningdek, manchesterliklar Usmon Dembele variantini ham ko‘zdan qochirgani yo‘q. Kataloniyaliklar bu futbolchining yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishidan umidini uzgan va undan tezroq qutilmoqchiligi bois “Manchester Yunayted”dek klub uchun bu transferni amalga oshirish muammo emas.
“Manchester Yunayted” kutayotgan to‘rtinchi nomzod “Milan”da etakchiga aylangan Hakan Chalxano‘g‘lidir.  Bu futbolchini manchesterliklarning Italiyada ishlayotgan skautlari Sulsherga alohida tavsiya qilmoqda.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *