Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Klopp Braziliyadan super hujumchi topdi

Klopp Braziliyadan super hujumchi topdi

Автор: admin

Hujumchi ham Kloppni tanir ekan
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp hamon hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha bosh qotirmoqda.
Ayni paytda “Liverpul” skautlari germaniyalik mutaxassisga “Vako da Gama”da o‘ynayotgan Braziliya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Talles Magnoni olishni maslahat bermoqda.
18 yoshli hujumchi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘yini orqali braziliyaliklarning g‘alabasini ta’minladi va ko‘plab grand klublar e’tiborini qozondi.
Magnoning o‘zi esa aynan “Liverpul”da Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p surishni istamoqda. Shu maqsadda, futbolchi “Benfika” va “Bayer” taklifini rad etdi. “Vasko da Gama” o‘z hujumchisining transfer badalini 50 million evro qilib belgilagan. Lekin braziliyaliklar hozirgi sharoitni hisobga olib Magnoni 30 million evroga qo‘yib yuborishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Liverpul” ayni paytda hujumchining agenti Juliano Bertoluchchi bilan bu transferni 20 million evroga amalga oshirish borasida muzokara o‘tkazmoqda.
79   
Добавить комментарий
Ваше имя: *