Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirlo Ronaldudan qutilmoqchi. “Yuventus” Krishtianuni “Barselona”ga taklif qildi

Pirlo Ronaldudan qutilmoqchi. “Yuventus” Krishtianuni “Barselona”ga taklif qildi

Автор: admin

Ronaldu Turindan ketishi kerak
“Yuventus”ni Andrea Pirlo qabul qilib olganidan keyin turli darajadagi o‘zgarishlarga qo‘l ura boshladi.
Mashhur ispaniyalik jurnalist Gilerme Balage tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Turin klubi xo‘jayinlari yiliga hammadan ko‘p – 23 million evro miqdorida maosh olayotgan jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduga yangi ish joyi topish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ular shu orqali maoshga ketayotgan xarajatlarni kamaytirishni rejalashtirmoqda ekan.
Ana shu maqsadda turinliklar super hujumchi qidirayotgan “Barselona”dan Krishtianu Ronalduni sotib olishni so‘ragan. 
Shuningdek, “Yuventus”ga yaqin manbalar klub Ronalduni “Barselona”dan tashqari, “Real”, PSJ va Amerika klublariga taklif qilmoqda.
91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *