Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APLda mavsumning eng yaxshi goli aniqlandi

APLda mavsumning eng yaxshi goli aniqlandi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti yakuniga yetgan mavsumning eng yaxshi golini e’lon qildi.

Ushbu sovrin «Tottenhem» futbolchisi Son Xyon Minga nasib etdi. Koreyalik hujumkor yarimhimoyachining APL 16-turi doirasidagi 7 dekabr kuni «Byornli» darvozasiga kiritgan goli mavsumda tengsiz deb topildi. Son 2:0 hisobi qayd etilayotgan paytda maydonning mezbonlar tomonidagi qismidan to‘pni qabul qilib, hujum davomida raqibning birin-ketin 6 nafar futbolchisini dog‘da qoldirib, yakkama-yakka vaziyatni golga aylantirdi. O‘yinda «Tottenhem» 5:0 hisobida zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, mavsumning eng chiroyli goli nominatsiyasi uchun Son Xyon Mindan tashqari, Xarvi Barns («Lester»), Mussa Jenepo («Sauthempton»), Mettyu Longstaff («Nyukasl»), Alirizo Jahonbaxsh («Brayton»), Matey Vidra («Byornli»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Kevin De Bryuyne («Manchester Siti») singari futbolchilarning goli da’vogarlik qilayotgan edi.
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *