Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ronalduning «Barselona»ga o‘tishi inkor qilindi

Ronalduning «Barselona»ga o‘tishi inkor qilindi

Автор: admin

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»dagi faoliyatini davom ettiradi.
Avvalroq, jurnalist Gilem Balage turinliklarning juda katta maoshi tufayli undan qutulmoqchi ekani,  35 yoshli futbolchining agenti uning xizmatini «Barselona»ga taklif qilgani haqida yozgan edi.
AS xabariga ko‘ra, Ronalduning vakillari bu xabarni inkor qilishgan. Futbolchi va uning oilasi Turinda baxtiyor ekanini va 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi muddati yakuniga yetgunga qadar «Yuventus»da qolishini aytishgan.
Avvalroq, portugaliyalik to‘purar xizmatiga «PSJ» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *