Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Arsen Venger «Barselona» taklifini rad etdi

Arsen Venger «Barselona» taklifini rad etdi

Автор: admin

Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin edi.
Le10sport.com’ning xabar berishicha, fransiyalik tajribali mutaxassis yaqinda «Barselona»dan taklif olgan. Kike Setenni iste’foga chiqarishi kutilayotgan klub rahbariyati Vengerga taklif bilan chiqqan, ammo fransiyalik mutaxassis Kataloniya klubi so‘rovini rad etib, FIFAdagi ishini davom ettirmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Venger London klubini tark etganidan buyon bir qator yaxshi takliflarni olgan, ammo har safar klublarga rad javobini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Venger 2019 yilning noyabr oyida FIFAda ish boshlab, futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritmoqda.
123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *