Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Qachon ketishni odamlar emas, o‘zim hal qilaman». «Arsenal» O‘zil bilan xayrlashmoqchi

«Qachon ketishni odamlar emas, o‘zim hal qilaman». «Arsenal» O‘zil bilan xayrlashmoqchi

Автор: admin

«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil shartnomasi yakuniga yetmagunga qadar London klubini tark etmasligini ma’lum qildi.
«Arsenal»da amaldagi shartnomamning oxirgi kunigacha qolaman va jamoa ravnaqi uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman. Hozirgi vaziyat, klubni tark etishim kerakligi haqidagi gap-so‘zlar meni hech qachon sindira olmaydi, aksincha yanada kuchli bo‘laman. «Arsenal»ni qachon tark etishim odamlarning emas, mening ishim, buni faqat o‘zim hal qilaman. Bu jamoa bilan 2 yoki 3 emas, 4 yilga shartnoma imzolaganman – buni hamma hurmat qilishi kerak. Hozirgi ahvol qiyin ekanligi ko‘rinib turibdi, ammo men «Arsenal»ni yaxshi ko‘raman, bu jamoada to‘p surish, bu klubdagi har bir xodim bilan birga ishlash menga juda yoqadi. Londonni sevaman, bu yer mening uyim. 
Oxirgi ikki mavsumda nimalar ro‘y bergani hech qanday ahamiyatga ega emas. Klubda baxtiyorman. Ruhan kuchliman, hech qachon taslim bo‘lmayman. Futbolchi jamoadan ketmoqchi bo‘lganida klub yo‘q desa, o‘yinchi bu qarorni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Endi esa klub futbolchiga ket deganida, futbolchi yo‘q desa buni ham to‘g‘ri qabul qilish lozim. Hech qayerga ketishni istamayman, hammasi shu.
2018 yilda oldimda juda ko‘p taklif bor edi, agar qabul qilsam hozirgidan ham ko‘proq pul ishlashim mumkin bo‘lardi. Ammo «Arsenal» va bu jamoa muxlislarini yaxshi ko‘rganim uchun ham klubda qolgandim. 
Mikel Arteta imkoniyatlarimni yaxshi biladi. Agar unga kerak bo‘lsam, har doim maydonga tushishga shayman. Shartnomam yakuniga yetishiga bir yil qolgani sabab xotirjamlikka berilmayman. «Arsenal» qiyin damlarni boshdan kechirmoqda, men esa yordam berishga tayyor. Jamoaga hali ko‘p nafim tegishiga aminman», - deydi germaniyalik futbolchi «The Athletic» nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Avvalroq «Arsenal» O‘zilning maoshi katta ekanligi sababli futbolchini Turkiya klublariga taklif qilgan, ammo Mesut klubdan ketishga qarshilik qilgandi.
44   
Добавить комментарий
Ваше имя: *