Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Alvaro Morata sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Alvaro Morata sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Автор: admin

Turinning «Yuventus» klubi «Atletiko» hujumchisi Alvaro Morataga qiziqish bildirmoqda, deya yozadi Calciomercato.
Manbaning xabar berishicha, Morata Turin klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yozgi transfer oynasidagi asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Yangi bosh murabbiy Andrea Pirlo ispaniyalik forvardni A Seriyaga qaytarmoqchi. Morata 2014 yildan 2016 yilgacha Pirlo bilan «Yuventus» safida birga to‘p surgan. 
Ispaniyalik hujumchi 2019 yilda dastlab 7 milllion yevro evaziga bir yillik ijarada, keyin esa 56 million yevro transfer mablag‘i evaziga «Chelsi»dan «Atletiko»ga o‘tgandi. 
Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchi joriy mavsumda La Ligada jami 34 o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
59   

Комментарии
(1)

  1. timir 14 августа 2020 14:39
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *