Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Setyen "Bavariya"ga qarshi qanday yurish qiladi?

Setyen "Bavariya"ga qarshi qanday yurish qiladi?

Автор: admin

YECHLning chorak finalidagi "daxshatdi" to‘qnashuvi bizni oldinda kutib teribdi. Muxlislar bu uchrashuv haqida turli fikrlarni olg‘a surishda davom etishmoqda. Xo‘sh ushbu bahsda qaysi murabbiy g‘olib chiqadi?
“Bavariya” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv oldidan Myunhen klubi qanday tarkibda maydonga tushishi deyarli aniq, biroq Kataloniyaliklar qanday yurish qilishi katta so‘roq ostida turibdi. Stadion.uz bugun ushbu mavzu haqida o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashadi.
Hech qanday o‘zgarishlarsiz…

Bu bugungi “Barselona”ning optimal ko‘rinishi. Hech qanday o‘zgarishlarsiz va hech qanday kutilmagan sovg‘alarsiz. Aslida, Kikening bunday tarkib bilan maydonga jamoani olib tushishi juda havfli. Sababi, hatto Ispaniya klublari ham bu sxemaga qarshi turishga imunitet hosil qilgan. Shunday bo‘lsada, bu ko‘rinishda Kataloniya klubi o‘yinni birinchi raqamli jamoa sifatida o‘tkazishi mumkin.
Suares maydonga tushmasa…

“El-Pistalero” zamonaviy “Barselona” uchun juda muhim figura. Afsuski, 30 dan oshgan, jarohatidan yaqinda forig‘ bo‘lgan hujumchining juda og‘ir o‘yinda sinab ko‘rish qanchalar to‘g‘ri? Agar, Setyen Suaresni joker sifatida zaxirada qoldirsa, katta ehtimol bilan mana shu sxemadan foydalanadi. Bunday vaziyatda, Grizman markaziy hujumchi ampluasiga o‘tadi va Fatiga qanot topshiriladi. Grizmaning kreativ ekanligini inobatga olsak, u hujumlarni markazroqdan boshlashi ham hech gap emas.
Agar Puchga ishonch bildirilsa…

Ispaniyaning taniqli “Sport.es” nashri Kataloniya super klubi “Bavariya” bilan 4-3-3 sxemasidan foydalanmasligi kundek ravshan ekanligi haqida yozmoqda. Sababi, “Bavariya” bilan o‘yin startini yaxshi boshlash juda muhim. pressingga katta urg‘u beruvchi nemislarni mag‘lub etish uchun markazdagi futbolchilar soni oshirilishi shart. Aks holda, “Bavariya” “Barselona”ning hujumlarini jarima maydonchasi atrofiga yaqinlashtirmay bo‘gib qo‘yishi mumkin.
129   
Добавить комментарий
Ваше имя: *