Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Manchester Yunayted" Grilishni qo‘lga kirita olmasa "Ayaks" yetakchisiga e’tibor qaratadi

"Manchester Yunayted" Grilishni qo‘lga kirita olmasa "Ayaks" yetakchisiga e’tibor qaratadi

Автор: admin

"Manchester Yunayted" o‘z e’tiborini "Ayaks" hujumkor yarim himoyachisi Donni van de Bekga qaratishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" "Aston Villa" yetakchisi Jek Grilishni sotib ololmagan taqdirdagina Van de Bekni transfer qilish bo‘yicha taklif bilan chiqishadi. O‘z navbatida Van de Bek 45-50 million yevroga baholanmoqda, Grilish uchun esa "Aston Villa" 80 milliondan ko‘proq pul talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Van de Bek Gollandiya chempionatida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Manba: Sky Sports
50   
Добавить комментарий
Ваше имя: *