Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten: «Levandovski – kuchli futbolchi, ammo Messi bilan teng darajada emas»

Seten: «Levandovski – kuchli futbolchi, ammo Messi bilan teng darajada emas»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan raqib hujumchisi Robert Levandovski haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Levandovski – ajoyib futbolchi, ammo uni Messi bilan bir xil darajada deb o‘ylamayman.
Ha, u haqiqatan ham ajoyib o‘yin namoyish etmoqda. Jamoadoshlari unga yordam berishadi. U kuchli, ammo Leo ham shunday. Buni «Napoli» bilan o‘yinda ham ko‘rdik. Bu futbolchilarning o‘yinlaridan zavq olayotganimiz juda yaxshi», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, «Barselona» – «Bavariya» bahsi 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *