Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Ronaldu yoki Dibaladan birini sotishga majbur

«Yuventus» Ronaldu yoki Dibaladan birini sotishga majbur

Автор: admin

«Yuventus» yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo yaqin kunlarda klub sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashib, jamoa transfer rejalarini gaplashib oladi. Bu haqda Sportmediaset xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, uchrashuvda jamoa hujumchilari — Ronaldu va Paulo Dibalaning kelajagi muhokama qilinadi. Jamoa maoshlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida ulardan birini sotib yubormoqchi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchining yillik maoshi 31 million yevro, 26 yoshli argentinalik o‘yinchining maoshi esa 15 million yevroga teng. Ular jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari hisoblanadi.
Manba: soccernews.ru
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *