Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ximenes «Yuventus»ga o‘tishga tayyorlanmoqda

Ximenes «Yuventus»ga o‘tishga tayyorlanmoqda

Автор: admin

«Vulverxempton» hujumchisi Raul Ximenes faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Nikolo Skira xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh bir necha haftadan beri futbolchini «byankoneri» safiga olib o‘tish ustida ishlamoqda.

«Yuventus» esa Gonsalo Iguainning o‘rniga hujumchi qidirmoqda. Avvalroq turinliklar «Roma» forvardi Edin Jeko bilan muzokara olib borayotgani haqida xabar tarqatilgan edi. Lekin "keksa sinyora" uchun Ximenes asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. Klub bosh murabbiyi Andrea Pirlo va jamoa sport direktori Fabio Paratichi aynan Raulga qiziqish bildirishmoqda.

Ximenes yakunlangan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 55ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 27ta gol va 10ta assist yozdi. Uning «Vulverxempton» bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Manba: footballhd.ru
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *