Goal24.uz » Chempionlar ligasi » «RB Leypsig» — «Atletiko» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

«RB Leypsig» — «Atletiko» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Автор: admin

Yevropa chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «RB Leypsig» — «Atletiko» uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi nomi e’lon qilindi.

UYEFA ekspertlari germaniyaliklar markaziy himoyachisi Dayo Upamekanoni eng yaxshi futbolchi deb topishdi. O‘yindan keyin unga sovrin topshirildi.

«Himoyadagi qoyilmaqom o‘yin natijasida «Atletiko» tomonidan uyushtirilgan hujumlar xavfi kam bo‘ldi. U himoyadagi tajovuzkor o‘yin va to‘p bilan sovuqqon munosabatda bo‘lish uyg‘unligini namoyish etdi», — dedi UYEFA texnik kuzatuvchisi Roberto Martines.
Manba: sport24.ru
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *