Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Koutinyoning agenti: «Filippe «Barsa»ni mag‘lub etishni istamoqda»

Koutinyoning agenti: «Filippe «Barsa»ni mag‘lub etishni istamoqda»

Автор: admin

«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutinyoning agenti Kia Jurabchian braziliyalik futbolchining kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Ayni paytda Koutinyo bor e’tiborini Chempionlar ligasiga qaratgan. Oldinda katta o‘yin kutib turibdi. Filippe o‘z jamoasiga qarshi maydonga chiqishni istamoqda. Shu bois, u o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Koutinyo dastlab «Barselona»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib, yakunda Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istamoqda. Buning uchun esa «Bavariya»ning salohiyati yetadi, deb o‘ylayman.

Chempionlar ligasi yakunlanganidan keyin esa uning kelajagi borasida muzokaralarni boshlaymiz. Bu masalada u bilan gaplashdim.

Filippega Angliya premyer-ligasi yoqadi. U APLga qaytmoqchi. Ammo moliya va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Axir u narxi arzon o‘yinchi emas», – dedi agent.
Manba: sports.ru
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *