Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL kelasi mavsumda ham mini-turnir formatida o‘tkaziladimi? UEFA prezidenti javob berdi

YeCHL kelasi mavsumda ham mini-turnir formatida o‘tkaziladimi? UEFA prezidenti javob berdi

Автор: admin

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Chempionlar Ligasining kelasi mavsumi ham sakkizlik mini-turniri formatida bo‘lishi-bo‘lishmasligi to‘g‘risidagi savolga javob berdi.
«Bunday turnir kelajakda qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo men buni uddalay olmaymiz, deb o‘ylayman. Chunki taqvim juda zich va milliy chempionatlar borligini ham unutmasligimiz kerak. Men tabiatan optimistman. Kelgusi yilda hammasi yaxshi bo‘lib, biz normal futbolga qaytamiz va muxlislar bilan to‘la stadionlarda o‘yinlar o‘tkazamiz, deb o‘ylayman. 
Biz moslashyapmiz, lekin virus tufayli dunyo to‘xtab qolmaydi. Kelgusi yilda turnirni yana shunday formatda o‘tkazish rejamizda yo‘q», – deya Cheferinning so‘zlarini keltiradi Footmercato.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan to‘xtalishlar tufayli Chempionlar Ligasi bahslari 1/4 finaldan boshlab bir o‘yindan iborat bo‘lmoqda. Bellashuvlar Lissabonda, neytral stadionlarda o‘tkazilmoqda.
53   
Добавить комментарий
Ваше имя: *