Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Manchester Siti»da durang, «Arsenal» ochko yo‘qotdi va boshqa natijalar

APL. «Manchester Siti»da durang, «Arsenal» ochko yo‘qotdi va boshqa natijalar

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar yakunlandi.
Turning kutilmagan natijalardan birida «Manchester Siti» «Kristall Pelas» bilan o‘yinda ochko yo‘qotdi. Hisobni debyut o‘yinida Jenk To‘sun ochgan bo‘lsa, 82 va 87-daqiqalarda Aguero dubl qayd etib, g‘alabani ilib ketish arafasida edi. Ammo, 90-daqiqada Zahaning hujumidan keyin to‘p Fernandinoning oyoqlaridan o‘z darvozasiga yo‘l oldi – 2:2. «Siti» ushbu durangdan keyin APL turnir jadvalida 48 ochko bilan 2-o‘rinda qolmoqda.
 «Arsenal» ham muxlislari qarshisida ochko yo‘qotdi. Martitennli hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Flek gol urib, «Sheffild Yunayted»ga safardan bir ochko bilan qaytish imkoniyatini yaratdi – 1:1. Natijada, London klubi yana 10-o‘rinda qoldi.
 Qolgan natijalar bilan tanishing:
 APL. 23-tur. 18 yanvar
 Manchester Siti – Kristal Pelas 2:2
Gollar: 0:1 – 39 Tosun, 1:1 – 82 Aguero, 2:1 – 87 Aguero, 2:2 – 90, avtogol Fernandino.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Joau Kanselu, Fernandino, Gyundogan, de Bryuyne, Bernardu Silva (Marez, 73), Silva (Gabriel Jezus, 62), Sterling (Rodri Ernandes, 89), Aguero.
Kristal Pelas – Guaita, Keyxill, Kelli, Tomkins, Ridevald (Uord, 88), Makkarti, Kuyate, Makartur, Zaa, Tosun (Uikhem, 81), Ayyu.
Arsenal – Sheffild Yunayted 1:1
Gollar: 1:0 – 45 Martinelli, 1:1 – 83 Flek.
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Mustafi, David Luiz, Ozil, Torreyra, Pepe, Jaka, Martinelli, Lyakazett (Nketia, 74), Saka.
Sheffild Yunayted – Xenderson, Boldok, Bashem (Beshich, 76), Igan, Stivens, Norvud, Flek, Landstrem (Robinson, 67), O`Konnell, Musse (Sharp, 56), Makberni.
Vest Hem – Everton 1:1
Gollar: 1:0 – 40 Diop, 1:1 – 44 Kelvert-Lyuin.
Vest Hem – Rendolf, Kressuell, Ogbonna, Sabaleta, Diop, Fornals (Masuaku, 60), Snodgrass, Rays, Nobl, Lansini (Ayeti, 84), Aller.
Everton – Pikford, Xolgeyt, Din, Koulmen, Mina, Devis, Bernard (Gordon, 46), Delf, Uolkott (Sidibe, 57), Kin (Nyasse, 74), Kelvert-Lyuin.
Brayton – Aston Villa 1:1
Gollar: 1:0 – 38 Trossard, 1:1 – 75 Grilish.
Brayton – Rayan, Bernardo, Uebster, Dank, Muy (Gross, 81), Propper, Alsate, Stivens, Trossard (Myurrey, 81), Konnolli (Montoyya, 68), Mope.
Aston Villa – Reyna, Gilber, Mingz, Xoz, Targett, Grilish, Drinkuoter (Duglas Luis, 68), El-Gazi, Nakamba (Xurixeyn, 86), Trezege (Vasilev, 67), Konsa.
Sauthempton – Vulverhempton 2:3
Gollar: 1:0 – 15 Bednarek, 2:0 – 35 Long, 2:1 – 53 Netu, 2:2 – 65, penalti Ximenes, 2:3 – 76 Ximenes.
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bednarek, Soaresh, Bertran, Xeyberg, Uord-Prouz, Armstrong (Jenepo, 71), Redmond (Bufal, 78), Ingz, Long (Adams, 71).
Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Doerti, Koudi, Dendonker, Moutinyu, Saiss, Traore, Ruben Nevesh, Netu (Kilmen, 86), Ximenes.
Norvich – Bornmut 1:0
Gol: 1:0 – 33, penalti Pukki.
Norvich – Krul, Simmermann, Bayrem, Godfri, Aarons, Maklin, Buendia (Rupp, 90), Duda (Xenli, 78), Tetti, Kentuell, Pukki (Drmich, 85).
Bornmut – Remsdeyl, Ake, Smit, Kuk, Riko, Lerma (Solanke, 78), Billing, Uilson (Frensis, 34), Gosling (Kuk, 86), Freyzer, Uilson.
Chetlatish: Kuk (31), Godfri (76). 


184   
Добавить комментарий
Ваше имя: *