Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vidal: «Bavariya» doim favorit, ammo «Barselona» – dunyoning eng yaxshi jamoasi»

Vidal: «Bavariya» doim favorit, ammo «Barselona» – dunyoning eng yaxshi jamoasi»

Автор: admin

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yilning eng muhim o‘yinini o‘tkazamiz. Bundan keyin ham oldinga intilishga umid qilamiz. «Bavariya» Bundesliga va Germaniya Kubogini yutib, ajoyib mavsum o‘tkazdi. Qiyin bo‘lishini bilamiz, ammo oldinda yaxshi o‘yin turibdi. Agar zarur bo‘lgan jihatlarga e’tibor qilsak, muvaffaqiyat qozonamiz.
 
Flik bosh murabbiy bo‘lganidan beri juda yaxshi ishladi. Ikkita unvonni qo‘lga kiritdi va, menimcha, u jamoada o‘z ishini davom ettirishga loyiq. 
«Bavariya» har doim va hamma joyda favorit, men buni Myunxenda his qilganman. Ammo «Barselona» – dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi», – deb Vidalning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ma’lumot uchun, Vidal «Barselona»ga aynan «Bavariya»dan o‘tgan. 
«Barselona» – «Bavariya» bahsi bugun, 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
43   
Добавить комментарий
Ваше имя: *