Goal24.uz » Transfer » Alkantaraga grandlar xaridor. So‘nggi transfer yangiliklari

Alkantaraga grandlar xaridor. So‘nggi transfer yangiliklari

Автор: admin

Tyago Alкантараning «Liverpul»ga o‘tishi aniqdek ko‘rinib qolgandi, ammo so‘nggi pallada «PSJ» va «Manchester Siti» kabi raqobatchilar paydo bo‘ldi. Parijliklar «Bavariya»ni qoniqtiradigan 30 million yevroni stol ustiga qo‘yib ulgurishdi, lekin nemislar «Manchester Siti»dan ham sado kutmoqdalar. Chunki Pep Gvardiola Alkantaraning ustozi hisoblanadi va bu holat kelishuvni osonlashtirishi va balki inglizlarning ko‘proq summa taklif qilishiga sabab bo‘lishi mumkin. 29 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda 24 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urdi. (Manba: Le10 Sport)
Luis Suares faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin. «Barselona» hujumchisi bilan Dohaning «Al Arabi» klubi qiziqmoqda. Urugvaylik 33 yoshli futbolchi va «Barselona» o‘rtasidagi shartnoma kelasi yil yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Agar Suares yangi shartnoma imzolamasa, klub uni sotishga majbur bo‘lib qolishi mumkin. (Manba: Diario Sport)
«Manchester Yunayted» Ben Chiluell uchun «Chelsi» bilan raqobatlashishga tayyor. Avvalroq, «Lester» ushbu futbolchi uchun 80 million funtdan kamiga rozi bo‘lmasligi va bu londonliklar uchun qimmatlik qilib, boshqa variant axtarayotganliklari haqida xabarlar tarqalgandi. «MYU» bu pulni topa oladi, zero «Old Trafford»da chap qanot himoyasida ham muammolar bor – Shou ko‘p jarohat oladi, Uilyams esa hali yosh. (Manba: The Mirror)
«Milan» «Atalanta»ning markaziy yarimhimoyachisi Matteo Пессинеga e’tibor qaratmoqda. Milanliklar 23 yoshli havbek uchun 12 million yevro to‘lashga tayyor. O‘tgan mavsumda Matteo «Verona»da ijara asosida o‘ynagan va 35 uchrashuvda qatnashib, 7 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. (Manba: Calciomercato)

«Braga» hujumchisi Paulinoga bir qator taniqli klublar – «Vulverhempton», «Sporting», «Latsio» hamda «Lokomotiv» da’vogarlik qilmoqda. Portugaliya klubi muzokaralar uchun ochiq, ammo 27 yoshli futbolchi uchun kamida 30 million yevro olishdan umid qilmoqda. O‘tgan mavsumda Paulino 29 o‘yinda maydonga tushib, 17 gol urgan va 7 golga hammualliflik qilgan. (Manba: A Bola)
«Roma» vingeri Diyego Perotti katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etadi. 32 yoshli futbolchiga Turkiyaning «Fenerbahche» va Saudiya Arabistoninining «Ash Shabob» klublari qiziqish bildirgan. O‘tgan mavsumda 21 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urgan Perotti uchun «Roma» 2 million yevro atrofida pul olmoqchi. (Manba: Nicolo Schira)

«Atalanta» chap qanot himoyachisi Robin Gosens yangi mavsumda «Yuventus» a’zosiga aylanishi mumkin. 26 yoshli nemis futbolchisiga shuningdek, Angliya va Fransiyadagi klublar ham qiziqish bildirishgan. Bergamoliklar Gosens uchun 30-35 million yevrodan umid qilishmoqda. Ushbu literal o‘tgan mavsumda 34 o‘yinda maydonga tushdi va 9 gol urib, 8 golda sheriklariga aniq uzatmani amalga oshirdi. (Manba: Nicolo Schira)
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Andreas Pereyra shu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda juda ko‘p tanqidlarga uchragan, Bruno Fernandesh kelgach esa, maydonga kam tushirila boshlandi. Ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Andreas boshqa klubga o‘tishga qarshi emas. Manbada aytilishicha, Ispaniya, Portugaliya va Italiyadan xaridorlar bor. (Manba: Esporte Interativo)
Rimning «Latsio» klubi «Inter»dan markaziy yarimhimoyachi Roberto Гальярдиnini sotib olmoqchi. 26 yoshli futbolchining transfer summasi 15 million yevro atrofida baholanmoqda. O‘tgan mavsumda Roberto 24 o‘yinda maydonga tushgan va 4 gol urib, 3 assistni amalga oshirgan. (Manba: Corriere della Sera)
«Glazgo», «Kopenhagen», «Trabzonspor», «Beshiktosh» va «Sosedad». Bu klublar «Bolonya» vingeri Andreas Olsen uchun navbatda turishibdi. 20 yoshli daniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda 26 o‘yinda maydonga tushdi va 1 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. (Manba: Corriere di Bologna)

«Chelsi» chap qanot himoyachisi Emerson Palmeri «Inter»ga o‘tishga yaqin. Milanliklar futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘ldi va endi, transfer summasi yuzasidan «Chelsi» bilan muzokara o‘tkazmoqda. Katta ehtimol bilan yaqin kunlarda 26 yoshli futbolchining transferi rasman e’lon qilinadi. (Manba: Calciomercato)
«Arsenal» Виллианning jamoa a’zosiga aylanganini rasman ma’lum qildi. Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma 3 yilga tuzilgani aytilmoqda. 32 yoshli futbolchiga «Chelsi» ikki yillik shartnoma taklif qilgan, ammo u kamida uch yillik kelishuv talab qilib, yakunda yangi shartnoma imzolamadi va erkin agentga aylandi. (Manba: «Arsenal» sayti)

«Yuventus» Gonsalo Iguain va Sami Хедираga ushbu yozda jamoani tark etishlari mumkinligi haqida ma’lum qilgan. Ushbu futbolchilar yangi murabbiyning rejalariga kiritilmagan va endi o‘zlariga yangi jamoa izlashlari mumkin. (Manba: Goal)
Insayderlarning aytishicha, «Manchester Yunayted» Jeydon Санчоdan butunlay voz kechgani yo‘q va ushbu transferni amalga oshirish uchun bir qator futbolchilarni sotishni ko‘zlamoqda. Agar «Borussiya» o‘zi talab qilgan 108 million funtni oladigan bo‘lsa, transfer oynasining so‘nggida bo‘lsayam, transferga rozi bo‘lishi manchesterliklarni xotirjam qilmoqda. Shuningdek, klub ushbu kelishuvda pul o‘rniga qisman ba’zi futbolchilarni ham taklif qilishi mumkin. Bundan tashqari, klub faqat Sanchoning transferiga borini ishga solmayotgani, zaxira variant sifatida «Aston Villa» yetakchisi Jek Grilish ham ko‘rilayotgani aytilmoqda. Grilishning transfer summasi 80 million funtni tashkil qiladi. (Manba: James Cuper)
90   
Добавить комментарий
Ваше имя: *