Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Myuller: «Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga «Bavariya»ning 12-15 futbolchisi loyiq edi»

Myuller: «Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga «Bavariya»ning 12-15 futbolchisi loyiq edi»

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Barselona» (8:2) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
«Buni tushuntirish qiyin. Jamoamiz ajoyib formada. «Man of the match» mukofoti uchun tashakkur, lekin bizda bunga loyiq 12-15 o‘yinchi bor. Shunchalik samarali o‘ynayapmizki, bizni mag‘lub etish qiyin.
Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Albatta, «Barselona» – bu o‘ziga xos klub. Shuning uchun yanada tajovuzkor harakat qilishimiz kerak edi. To‘p bilan muomala qilganimizda, jamoamiz hujumda yetarli salohiyatga egaligini ko‘rsatdik.
Qanchalik xursandligimizni tasavvur qila olasiz. Ammo endi tinchlanishimiz va tiklanishimiz kerak. Ertaga uyg‘onamiz, butun dunyodan kelgan xabarlarga javob beramiz va so‘ng navbatdagi o‘yinga e’tibor qaratamiz. Bu yerga g‘alaba qozonish uchun keldik», – deb Myullerning so‘zlarini keltiradi BT Sport.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» yarimfinalda «Manchester Siti» – «Lion» o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *