Goal24.uz » Chempionlar ligasi » 15ta fakt («Barselona» – «Bavariya» o‘yinidan keyin)

15ta fakt («Barselona» – «Bavariya» o‘yinidan keyin)

Автор: admin

Chempionlar Ligasi chorakfinalida «Barselona» «Bavariya»ga (2:8) yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi. Quyida ushbu o‘yindan keyingi ayrim faktlar bilan tanishishingiz mumkin.
1. 14 yilda ilk bor Chempionlar Ligasi yarimfinali Messi va Ronaldusiz o‘tadi.
2. «Barselona» o‘z tarixida ilk marta Chempionlar Ligasida bir o‘yinda 8ta to‘p o‘tkazib yubordi.
3.  «Bavariya» so‘nggi 9 mavsumda 7-marta YeCHL yarimfinaliga chiqdi.
4. «Barselona» 2014 yildan keyin birinchi bor mavsumni sovrinsiz yakunladi.
5. «Bavariya» turnida 39ta gol urdi, bu – klub rekordi.
6. «Barselona» o‘z tarixida CHL doirasidagi eng yoshi katta tarkibini tushirdi – 29 yosh 329 kun. 
7. Myuller Chempionlar Ligasida «Barselona»ga qarshi 5ta o‘yinda 6ta gol urdi, germaniyalik futbolchi turnirda boshqa hech bir jamoaga buncha ko‘p to‘p kiritmagan.
8. Messi qatorasiga 5-bor CHLni yuta olmayapti.
9. Chempionlar Ligasi yarimfinaliga 3 nafar nemis murabbiyi yo‘l oldi: Tuxel, Nagelsmann, Flik.
10. Neymar «PSJ»ga o‘tganidan beri birinchi marta «Barselona»dan uzoqroqqa bordi.
11. Messi faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
12. 2007 yildan beri ilk marta 1/2 finalga ispan klublari chiqa olishmadi.    
13. Messining CHL 1/4  finalidagi o‘yinlari 23taga yetdi, bu – turnir rekordi. Keyingi o‘rinlarda Jerar Pike va Andres Inesta – 22.
14. Grizmann faoliyati davomida turnir pley-offida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushmadi.
15. Levandovskining o‘zi o‘yinning 1-bo‘limida «Barselona»dan ko‘proq zarba berdi – 4:3.
122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *