Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Seten: «Juda og‘riqli va sharmandali mag‘lubiyat»

Seten: «Juda og‘riqli va sharmandali mag‘lubiyat»

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga (2:8) qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bu – juda og‘riqli mag‘lubiyat. Sharmandali mag‘lubiyat. Gollar ko‘p edi, amma bunga loyiq edik. «Bavariya» samarador o‘yin ko‘rsatdi.
Ishlashni davom ettiramanmi yoki yo‘qmi, buni o‘ylashga juda erta. Bu menga bog‘liq emas. Mag‘lubiyatni hisobga olgan holda vaziyatni tushunish kerak. 
Pikening ketmoqchi ekanligi? Buni chuqur tushunmoqchi emasman. 
Men 6-8 oy davomida bu yerda bo‘ldim. Hammaning jahli chiqqan. Xulosa chiqaradigan vaqt bo‘ldi», – deb Setenning so‘zlarini keltiradi El Chiringuito.
49   
Добавить комментарий
Ваше имя: *