Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» bosh murabbiyligiga tayinlanish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan mutaxassis aytildi

«Barselona» bosh murabbiyligiga tayinlanish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan mutaxassis aytildi

Автор: admin

Maurisio Pochettino «Barselona» bosh murabbiyi qilib tayinlanish ehtimoli eng yuqori bo‘lib turgan mutaxassisdir. 
Ispaniyaning Sport.es nashri xabariga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyida bosh murabbiy qilib tayinlangan Kike Seten yaqin orada lavozimini tark etishga majbur bo‘ladi. Uning o‘rnini «Tottenhem»ning sobiq ustozi egallaydi. Qayd qilinishicha, yetakchi futbolchilar uning tayinlanishini katta ehtimol bilan ma’qullashadi.
Pochettino yanvar oyida «Barselona»ga tayinlanishi mumkin edi. Biroq, klub rahbariyati mutaxassisning «Espanol»da ishlagan paytida «Barselona» sha’niga aytgan «istehzoli bayonotlari» tufayli shubhalandi.
Avvalroq, «Barselona» Chempionlar Ligasi 1/4 finalida «Bavariya»ga 2:8 hisobida yutqazdi. Natijada, 2014 yildan buyon ilk marotaba birorta musobaqada sovrinni qo‘lga kiritolmadi.
56   
Добавить комментарий
Ваше имя: *