Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ferdinand: «Messi sovrinlarsiz o‘tirishda davom etadimi?»

Ferdinand: «Messi sovrinlarsiz o‘tirishda davom etadimi?»

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi, Britaniya televideniyalarida ekspertlik qilayotgan Rio Ferdinand YeCHL 1/4 finalidan o‘rin olgan «Barselona» – «Bavariya» (2:8) o‘yinidan so‘ng kataloniyaliklar sardori Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Barselona» noto‘g‘ri tanlov qilgan. Ular hanuz uzoq vaqt jamoada bo‘lganlarga tayanishmoqda.
Oldinda juda katta ish bor. Kimdir vayronalarni tozalashga majbur bo‘ladi, lekin Setenning tayinlanishi katta xato bo‘lgan deb o‘ylayman. Endi u yerga kim boradi?
Messi uyga qaytganida nimani o‘ylaydi? Qolgan vaqtini jamoasini Yevropaning boshqa top-klublari bilan taqqoslab o‘tkazmaydimi? O‘tirib kutishga uning vaqti bormi? Futbolchilik faoliyati tez sur’atlar bilan o‘tmoqda. 2 yil ichida Messi o‘yinlarga ta’sir o‘tkaza oladimi? Yoki u sovrinlarsiz o‘tirishni davom ettiradimi?» – deya Ferdinandning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
Ma’lumot uchun, «Barselona» mavsumni sovrinsiz yakunladi. Bunday holat so‘nggi marta 2014 yili sodir bo‘lgandi.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *