Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu «Barselona»ni tark etmoqchi emas

Bartomeu «Barselona»ni tark etmoqchi emas

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu iste’foga chiqishni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi Diario Sport.
Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yindagi 2:8 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, mulozim o‘z lavozimida kamida 2021 yil boshigacha qolmoqchi.
Bartomeu klub inqirozda ekanini tan olgan, ammo muddatidan oldingi saylovlar vaziyatni chigallashtiradi, deb hisoblamoqda.
«Barselona» rahbari 2021 yilning yanvarida yoki mart oyida saylovni o‘tkazishni rejalashtiryapti. U yangi direktorlar kengashida loyiha tayyorlash uchun vaqt bo‘lishini xohlayapti.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *