Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Karpin Shomurodov nega gol ura olmayotgani tushuntirdi

Karpin Shomurodov nega gol ura olmayotgani tushuntirdi

Автор: admin

«Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Zenit»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov nega gol ura olmayotgani haqidagi savolga javob berdi.
«Shomurodov nega gol ura olmayotganining sababini bilaman, buni tushunib turibman. Qanday sabab? «Karantinli futbol», jismoniy holat. Masalan, Eldor «Tambov»ga qarshi o‘yinni juda zo‘r o‘tkazdi», deb Karpinning so‘zlarini keltirmoqda «Rostov» axborot xizmati.
«Rostov» Toshkent vaqti bilan 22:00da RPL 2-turi doirasida «Zenit»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Karpin jamoasi chempionatni mehmonda «Tambov» ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshlangandi. O‘zbekistonlik Eldor Shomurodov «Rostov» safida oxirgi marta 29 fevral kuni «Axmat» darvozasiga gol urgandi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *