Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartomeu bir yil avval Alfonso Devisni sotib olishni istamagan

Bartomeu bir yil avval Alfonso Devisni sotib olishni istamagan

Автор: admin

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Xristo Stoichkov Kataloniya klubi prezidenti Xosep Bartomeudan himoyachi Alfonso Devisga e’tibor berishni va uni sotib olishni so‘ragan, deb yozadi jurnalist Umar Tapia «tvitter»dagi sahifasida.
«Stoichkov o‘tgan yili Bartomeuga Devis haqida aytgan. U paytda futbolchi «Bavariya»ga o‘tmagan edi. Ammo Xosep «U kanadalikmi? Yo‘q, rahmat», deya javob bergan», – deb yozadi Tapia.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklarning 19 yoshli himoyachisi Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Barselona» (8:2) bilan bahsda 84 daqiqa harakat qildi va chiroyli reyd uyushtirib, bitta golga assistentlik qildi.
Ma’lumot uchun, Devis faoliyatini vatanida «Edmonton» klubida boshlagan, so‘ng «Vankuver Uaytkeps» jamoasiga o‘tgan. 2019 yilda esa uni «Bavariya» sotib olgan.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *