Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messi Pochchettino nomzodini maqullaydi, ro'yxatda Allegri va Anri ham bor

Messi Pochchettino nomzodini maqullaydi, ro'yxatda Allegri va Anri ham bor

Автор: admin

"Tottenxem" klubi sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona"da ish boshlash uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.
Bu haqida "Diario Sport" xabar qildi. Jamoa prezidenti Jozep Bartomeu argentinalik mutaxassisni klubda avlodlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin bo'lgan eng yaxshi variant deb biladi. Funkcioner Pochettinoni yanvar oyida klubga olib kelmoqchi edi. Ammo sport direktori Erik Abidalning fikri maqul ko'rilib, Kike Seten olib kelindi.
Malum bo'lishicha, Pochettino nomzodini "Barselona" etakchisi Lionel Messi har doim qo'llab-quvvatlagan.
Argentinalik murabbiy 3 yillik shartnomaga imzo chekmoqchi, ammo klub "1+1" ko'rinishidagi bitim taklif qilishga tayyor.
SHuningdek, "Barselona" Niderlandiya termasi ustozi Ronald Kuman, italiyalik Massimiliano Allegri va "Monreal Impekt"ni boshqarayotgan klubning sobiq futbolchisi Terri Anri bilan ham doimiy aloqada bo'lib turibdi. 
"Al Sadd"ni murabbiyi Xavi varianti bekor qilindi. CHunki ispan "Barsa"ga qaytishni istamayapti.
Avvalroq Pochettino "Barsa"ning taklifini rad qilgani haqida xabar qilingandi.
72   
Добавить комментарий
Ваше имя: *