Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Rostov» o‘z maydonida «Zenit»ga yengildi

RPL. «Rostov» o‘z maydonida «Zenit»ga yengildi

Автор: admin

Rossiya chempionatida ikkinchi tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida «Zenit»ni qabul qilgan «Rostov» 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Eronlik Sardor Ozmun birinchi bo‘limda peterburgliklarni oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada «Zenit» futbolchisi Yaroslav Rakitskiy qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va rostovliklar o‘yinning oxirgi daqiqalarida bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilishdi. Biroq bu vaqtda «Rostov» katta ustunlikka ega bo‘lgan ersa-da, Lovren «Zenit»ning ikkinchi golini ham urdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Zenit»ning ochkolari soni 6taga yetdi. «Rostov» esa 3 ochko bilan qoldi. O‘zbekistonlik Eldor Shomurodov o‘yin davomida juda faol bo‘ldi va 85-daqiqada almashtirildi.
RPL. 2-tur
Rostov – Zenit 0:2

Gollar: Ozmun (23), Lovren (87).
Rostov: Pesyakov, Osipenko, Kozlov (Bayramyan, 85), Chernov, Xadjikadunich, Ionov, Zayniddinov, Normann, Popov (Yeremenko, 74), Mamayev (Xashimoto, 74), Shomurodov (Toshevski, 85).
Zenit: Kerjakov, Duglas Santos, Rakitskiy, Karavayev, Lovren, Ozdoyev, Barrios, Malkom (Proxin, 80), Rigoni (Yeroxin, 73), Driussi (Krugovoy, 73), Azmun (Mostovoy, 85).
Ogohlantirishlar: Malkom (1), Normann (3), Chernov (23), Rakitskiy (55), Ozmun (70).
Chetlatish: Rakitskiy (78).
53   
Добавить комментарий
Ваше имя: *