Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» so‘nggi marta YECHLni yutganidan buyon transferlar uchun milliard yevrodan ortiq sarfladi

«Barselona» so‘nggi marta YECHLni yutganidan buyon transferlar uchun milliard yevrodan ortiq sarfladi

Автор: admin

«Barselona» klubi so‘nggi marta bundan 5 yil ilgari — 2014/2015 yilgi mavsumda Yevropa chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Transfermarkt tarqatgan xabarga ko‘ra, o‘shandan buyon "ko‘k-anorranglilar" yangi transferlar uchun 1,067 milliard yevro sarflashgan.

So‘nggi 5 yil ichida "Barsa" 40 futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Kataloniyaliklar amalga oshirgan eng qimmat transferlar uchligini Filippe Koutinyo, Usmon Dembele va Antuan Grizmann tashkil qilib, yuqoridagi summaning uchdan bir qismi ularga sarflangan.

E’tiborli tomoni, kecha bo‘lib o‘tgan "Bavariya"ga qarshi uchrashuvning boshlang‘ich tarkibida ularning hech biri yo‘q edi. Koutinyo mavsumni myunxenliklar safida ijara asosida o‘tkazayotgan bo‘lsa, Dembele jarohat tufayli uzoq vaqt safdan chiqdi. Faqatgina Grizmann kecha ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.
Manba: football.ua
49   
Добавить комментарий
Ваше имя: *