Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YECHL. Chorak final bosqichining eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

YECHL. Chorak final bosqichining eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

Автор: admin

Ushbu haftada Yevropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. UYEFA haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Neymar («PSJ» hujumchisi) — «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (2:1) bitta golga assistentlik qildi va darvoza tomon 2ta aniq zarba berdi.

Tomas Myuller («Bavariya» hujumchisi) — «Barselona»ga qarshi uchrashuvda (8:2) ikkita gol muallifiga aylandi.

Dayo Upamekano («RB Leypsig» himoyachisi) — «Atletiko»ga qarshi bahsda himoyada ishonchli harakat qildi, havodagi to‘p uchun kurashda 2 marta ustun keldi hamda uzatmalarining 92 foizi aniq bo‘ldi.

Mussa Dembele («Lion» hujumchisi) — «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, 2ta gol urdi.
Manba: sport24.ru
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *