Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Real” o‘z futbolchisini "sotdi"
 
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi o‘z tarbiyalanuvchisi Migel Bayezuni “Selta”ga transfer qildi.
“Selta” jamoasining rasmiy sayti bergan ma’lumotlarga qaraganda, Migelning transfer summasi 2,5 million yevroni tashkil etgan.
Manada ma’lum qilinishicha, yosh futbolchi yangi jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolagan va “Real” uni qaytarib sotib olish shartini muzokaralar chog‘ida olg‘a surmagan.
Ronaldu uni jamoasida ko‘rmoqchi
 
Turinning “Yuventus” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real” forvordi Karim Benzema bilan bir jamoada to‘p surish niyatida.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Ronaldu “Yuve” rahbarlari bilan Benzemaning transferi borasida fikr almashgan.
Elsatib o‘tamiz, Karim Benzema “Real” bilan o‘rtadagi shartnomani fevral oyida 2022-yilga qadar uzaytirgan.
“Chelsi” davom etadi
 
Londonning “Chelsi” klubi katta transferlarga qo‘l urishdan charchamayapti.
“TheTimes” nashrining ma’lum qilishicha, Frenk Lempardga transferlar uchun 150 million yevro ajratilgan. Ayni damda, Ziyesh va Vernerlar uchun klub 100 million sarflab bo‘ldi.
Endilikda, klub nishonida Yan Oblak va Deklan Rayslar bor.
Manbaning ma’lum qilishicha, transfer oynasi yopilguniga qadar, “Real” yana bir katta transferga qo‘l uradi.
Antonio Kontedan yurish
 
Milanning “Inter” klubi ustozi Antonio Konte yozda qaysi nuqtalar uchun futbolchi harid qilmoqchi ekanligi ma’lum.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Konte yangi mavsum oldidan bita hujumchi, ikkita yarim himoyachi va universal fulbek sotib olishni niyat qilgan. Shuningdek, to‘p bilan muomilada bo‘lishni hush ko‘ruvchi markaziy himoyachi ham izlanmoqda.
LGDS bergan ma’lumotga qaraganda, klub rahbarlari Kontening talabiga mos tushuvchi futbolchilarni izlashni boshlab yuborgan.
Saul “Manchester Yunayted”ga kerak

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi yarim himoyachisi Saul faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
25 yoshli yarim himoyachi bilan “Manchester Yunayted” shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi.
“DailyStar”ning ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchining transferidan “matraschilar” 70 million funt ishlab olishni niyat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda Saul Simione qo‘l ostida 47 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobig 7 ta gol yozdirib qo‘ydi.
121   
Добавить комментарий
Ваше имя: *