Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola: «Bir kun kelib, chorakfinaldan ham o‘tamiz»

Gvardiola: «Bir kun kelib, chorakfinaldan ham o‘tamiz»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan «Lion»ga (1:3) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ikkinchi bo‘lim yaxshi o‘tdi. Unda biz yaxshiroq o‘ynadik. Ammo bu turnirda siz mukammal bo‘lishingiz kerak va biz bunga mos kelmadik. Bir kun kelib, Chempionlar Ligasi chorakfinalidan ham o‘tamiz.
«Lion»ning ikkinchi golidagi qoida buzilishi? Men bu holatlar haqida gapirishni istamayman. Bu shikoyat qilish, so‘ng uzr so‘rashga o‘xshaydi. Biz juda ko‘p yaxshi vaziyatlarni yaratdik, ammo bu yetarli bo‘lmadi. O‘yinning muhim daqiqalarida xatolarga yo‘l qo‘ydik. 
«Manchester Siti» hujumda joy topishga qiynaldi. Bunday vaziyatda kamida qo‘shimcha vaqtga ega bo‘lish uchun hisobni tenglashtirish juda muhim edi, ammo keyin uchinchisini o‘tkazib yubordik va hammasi yakunlandi. 
Xafamiz. Endi ta’tilga chiqamiz. Futbolchilar klubga qaytganlarida ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BT Sport.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *