Goal24.uz » Chempionlar ligasi » 9ta fakt («Manchester Siti» – «Lion» o‘yinidan so‘ng)

9ta fakt («Manchester Siti» – «Lion» o‘yinidan so‘ng)

Автор: admin

Chempionlar Ligasi 1/4 finalida «Manchester Siti» «Lion»ga (1:3) imkoniyatni boy berdi. Quyida ushbu bahsdan keyingi qiziqarli faktlar keltirilgan.
1. Chempionlar Ligasi tarixida birinchi marta yarimfinalga Angliya, Ispaniya va Italiyadan bironta jamoa yo‘l olmadi. 
2. «Manchester Siti» «Lion» bilan o‘yinda raqib darvozasiga 19ta zarba berdi, «Lion» esa 7 marta.
3. Gvardiola jamoalari 2011 yildan beri finalga chiqa olmayapti.
4. «Zenit» bilan bir guruhdan o‘rin olgan ikki jamoa – «Leypsig» va «Lion» yarimfinalgacha yetib kelishdi.
5. «Manchester Siti» Chempionlar Ligasida 3 yil ichida birinchi bor jarima maydonchasi tashqarisidan to‘p o‘tkazib yubordi.
6. 2017 yildan so‘ng ilk bor yarimfinalga ingliz klubi chiqa olmadi.
7. «Manchester Siti» qatorasiga uchinchi yil 1/4 finalda «qoqildi».
8. Memfis Depay «MYU»dan ketganidan beri Manchesterning ikkala jamoasi ham yarimfinalga chiqa olmadi.  Depay – Manchester 1:0.
9. Chempionlar Ligasida yarimfinalga birinchi marta Fransiyaning 2ta jamoasi yo‘l oldi.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *