Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» bir qator futbolchilari bilan xayrlashmoqchi

«Barselona» bir qator futbolchilari bilan xayrlashmoqchi

Автор: admin

«Barselona» klubi yaxshi takliflar olsa, bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga tayyor, deya yozmoqda Mundo Deportivo.
Klub darvozabon Mark-Andre ter Shtegen, yarimhimoyachi Frenki De Yong, hujumchi Lionel Messi hamda Ansu Fati va Rikard Puchni sotishni rejalashtirmagan.
«Klub himoyachi Samuel Yumtiti va hujumchi Usmon Dembele va Antuan Grizmanni transferga qo‘ymoqchi. Shuningdek, kataloniyaliklar «Inter» forvardi Lautaro Martines transferi uchun mablag‘ topilmasa, Luis Suaresni sotishga qarshi emas», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, avvalroq klub bosh murabbiyi Kike Seten mavsum oldidan iste’foga chiqarilishi haqida xabar berilgandi.
48   
Добавить комментарий
Ваше имя: *