Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: «Manchester Siti» Messi uchun istalgan narxni to‘lashga tayyor

Manba: «Manchester Siti» Messi uchun istalgan narxni to‘lashga tayyor

Автор: admin

«Manchester Siti» «Barselona» hujumchisi Lionel Messini qo‘lga kiritish uchun har qanday shartga rozi.
Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi Messi kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan birlashishi, jamoa o‘yinini yanada kuchaytirishi mumkin deb hisoblashmoqda. Qayd etilishicha, «shaharliklar» argentinalik futbolchi uchun qancha talab qilinsa shuncha to‘lashga tayyor. 
Avvalroq OAVda Messi YeCHL chorak finalida «Bavariya»ga qarshi kechgan o‘yinda 2:8 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etganidan keyin «Barselona»ni tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 33 yoshli forvard klub rahbariyatidan norozi va 2021 yilgacha tuzilgan shartnomasini uzaytirmoqchi emas.
Yakunlangan mavsumda 33 yoshli Messi klub uchun 44 o‘yinda maydonga tushib, 31 gol urdi va 24 golga uzatma berdi.
transfermarkt.de portali futbolchining transferini 112 million yevroga baholagan.
Avvalroq Messi xizmatlariga «Inter» tomonidan ham qiziqish mavjudligi haqida xabarlar tarqalgandi.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *