Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» sobiq prezidenti: «Endi Setenni aybdorga chiqarishdan naf yo‘q»

«Barselona» sobiq prezidenti: «Endi Setenni aybdorga chiqarishdan naf yo‘q»

Автор: admin

«Barselona» sobiq prezidenti Joan Gaspar Kataloniya klubining Chempionlar ligasi chorakfinali doirasida «Bavariya»ga uchralgan (2:8) mag‘lubiyati haqida to‘xtaldi.  
«Bu oddiy mag‘lubiyat emas, xo‘rlanishdir. Yaqin orada klubda prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Bartomeu allaqachon ikki muddat davomida faoliyatini o‘tab bo‘ldi, bu safargi saylovda qatnasha olmaydi. Ekonomik vaziyat qanday ekanligini ko‘rib turibmiz. Qiyin davr bo‘lishiga qaramay, qaror qabul qilinishi shart. 
Bartomeuning klub oldidagi xizmatlarini munosib baholayman. Ammo jamoadagi hozirgi vaziyat og‘ir. Murabbiyni ham ayblay olmayman, u qo‘l ostidagi bor imkoniyatlardan foydalandi. Muxlislar Valverde ketishini istashgandi, endi Setenni aybdorga chiqarishdan naf yo‘q», - deya Gasparning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Avvalroq, «Barsa» prezidenti bayonot berib, muhim qarorlar shoshilinch tarzda emas, yaqin bir oy ichida qabul qilinishini ma’lum qilgandi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *