Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Aleksey Miranchuk A Seriya klubiga o‘tishga yaqin

Aleksey Miranchuk A Seriya klubiga o‘tishga yaqin

Автор: admin

Italiyaning «Atalanta» klubi «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Aleksey Miranchukni sotib olish arafasida, deya xabar bermoqda Sport Mediaset.
Manbaning yozishicha, 17 avgust kuni Bergamo klubi va rossiyalik futbolchining vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, transferning so‘nggi ishlari hal qilinadi. Miranchukning «Lokomotiv» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyun oyiga qadar imzolangan bo‘lib, «Atalanta» Moskva klubiga 15 million yevro transfer puli to‘lashi kutilmoqda.
Avvalroq, 24 yoshli hujumkor yarimhimoyachi uchun «Milan» klubi asosiy da’vogar sanalgandi. «Rossonerilar» Miranchukning transfer kelishuviga dastlab urugvaylik Diyego Laksalt, keyin esa shveysariyalik Rikardo Rodrigesni qo‘shmoqchi edilar, biroq so‘nggi pallada Rodriges Rossiya klubiga o‘tishni istamagandi.
Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» klubiga o‘tgan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinov moskvaliklar safida aynan Aleksey Miranchukning pozitsiyasida to‘p suradi.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *