Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » De Bryuyne: «Pullar futbolni boshqarmoqda»

De Bryuyne: «Pullar futbolni boshqarmoqda»

Автор: admin

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne Chempionlar ligasi chorakfinali doirasidagi «Lion»ga uchralgan (1:3) mag‘lubiyatdan keyin koronavirus pandemiyasi tufayli o‘yinlar sanasi zich belgilanganligini tanqid qildi.
«Bunday zich taqvimning ta’siri qisqa davrda bilinmasligi mumkin, ammo kelajakdagi o‘yinlarimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Yarim yildan keyin jismonan va ruhan charchagan holatda bo‘lamiz. Milliy assotsiatsiyalar, UEFA va FIFA aynan shu masalada ko‘proq bosh qotirishlari kerak. Afsuski, futbolni pullar boshqarmoqda. Futbolchi sifatida biz belgilangan shartlarga faqat amal qilishimiz mumkin», - deya belgiyalik yarimhimoyachining so‘zlarini keltirmoqda HLN.
Ma’lumot uchun, pandemiyadan keyin «Manchester Siti» APL doirasidagi o‘yinlarni o‘tkazgan bo‘lsa, Fransiya chempionati muddatdan avval to‘xtatilgach «Lion» klubi uzoq muddat ta’tilda edi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *