Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» «Bavariya» futbolchisi bilan 4 yillik kelishuvga erishdi

«Liverpul» «Bavariya» futbolchisi bilan 4 yillik kelishuvga erishdi

Автор: admin

«Bavariya» yarimhimoyachisi Tyago Alkantara «Liverpul» bilan 4 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi, deya yozadi RMC Sport.
Manbaning tasdiqlashicha, ispaniyalik futbolchi Myunxendagi klubdoshlariga jamoani tark etayotganligini aytib, Liverpuldan yangi uy ham sotib olgan. Klublar o‘rtasida futbolchining transfer narxini kelishib olish masalasi qolgan, xolos. Shaxsiy shartnoma masalasida bir to‘xtamga kelingan.
Avvalroq, Alkantaraning transferini «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp istayotganligi haqida xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» tarbiyalanuvchisi sanalmish Alkantara 2008-2013 yillar davomida Kataloniya klubida to‘p surib, Germaniya Bundesligasiga yo‘l olgandi. Tyago joriy mavsumda «Bavariya» safida 24 o‘yinda 3ta golga mualliflik qilgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *