Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Milan" futbolchisi uchun Ispaniyaning ikki klubi da’vogarlik qilmoqda

"Milan" futbolchisi uchun Ispaniyaning ikki klubi da’vogarlik qilmoqda

Автор: admin

U mavsumning ikkinchi qismini La Ligada o‘tkazishi mumkin.
"Milan" himoyachisi Davide Kalabriya faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga "Sevilya" va "Betis"dan qiziqishlar bor. Ispan klublari uni qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirishmoqda. “Rossonerilar” esa uni 15 mln evroga baholamoqda.
Ta’kidlash lozimki, Kalabriya “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
45   
Добавить комментарий
Ваше имя: *