Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Xames: “Real" qo'yib yuborishni istamadi, Angliyaga yo'l olsam yaxshi bo'lardi"

Xames: “Real" qo'yib yuborishni istamadi, Angliyaga yo'l olsam yaxshi bo'lardi"

Автор: admin

“Real” futbolchisi Xames Rodriges kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
“O'zimni baxtli his qiladigan va meni qadrlashadigan erga borib o'ynashni xohlayman. Bu Italiya, Ispaniya, Angliya bo'lishi mumkin. Bu hali ham javobsiz savol. A Seriya va APLdan tashqari, ko'plab yaxshi ligalarda harakat qildi. Angliyaga yo'l olsam yaxshi bo'lardi, chunki bu eng zo'r chempionat.
Bu yil boshqa jamoaga o'tmoqchi edim, ammo “Real” qo'yib yubormadi va qolishga majbur bo'ldim. Ko'proq o'ynashim mumkin bo'lga klubga o'tishni istardim, chunki joriy mavsum o'zimni ko'rsatish uchun ko'p imkoniyatga ega bo'lmasligimni sezgandim”, deydi kolumbiyalik.
29 yoshli yarim himoyachining madridliklar bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilning yozigacha tuzilgan. Hujumkor o'yinchining transfer qiymati 32 mln evroga baholanmoqda. U La Liganing yakunlangan mavsumida 8 o'yinga qatnashib, 1 tadan gol va pasni o'z hisobiga yozdirgan edi.
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *