Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» «Lill» himoyachisi uchun 25 mln yevro taklif qildi

«Arsenal» «Lill» himoyachisi uchun 25 mln yevro taklif qildi

Автор: admin

«Lill» himoyachisi Gabriel Magalyaes Yevropaning bir qancha klublari e’tiborida bo‘lib turibdi.
«Napoli» Gabrielni jamoani tark etishi ehtimoli bo‘lgan himoyachi Kalidu Kulibali o‘rniga sotib olmoqchi. Neapolliklar braziliyalik uchun bonuslar bilan 25 mln yevro taklif qilishdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 22 yoshli futbolchiga «Arsenal» ham da’vogarlik qilmoqda. «To‘pchilar» Gabrielga 25 mln yevro taklif qilishgan. Bu qiymat bonuslar hisobiga 28 mln yevroga yetishi mumkin.
Shuningdek, himoyachga «PSJ», «MYU» va «Everton» ham qiziqmoqda.
Gabriel o‘tgan mavsumda Liga 1da 24ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta to‘p kiritgan.
51   
Добавить комментарий
Ваше имя: *