Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard va Mourino raqib sardorini talashmoqda

Lempard va Mourino raqib sardorini talashmoqda

Автор: admin

U Angliya terma jamoasida ham o‘ynaydi
“Chelsi” va “Tottenxem” yozgi transferlar vaqtida “Brayton” sardori Lyuis Dankni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Bu raqobatda Frenk Lempard jamoasi ustunlik qilmoqda. Chunki markaziy himoyachining o‘zi Mourinoning klubidan qudratliroq bo‘lgan “Chelsi”da to‘p surishni istamoqda.
“Brayton” o‘z etakchisi 40 million funtga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirdi.
Dank aslida “Uimbldon” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Brayton”da 2010 yildan beri o‘ynamoqda. Jamoa premer-ligaga chiqqanidan buyon jami 114 ta o‘yin o‘tkazdi. Dank ana shu uchrashuvlarning 111 tasida maydonga tushdi.
Tajribali himoyachi ikki yil muqaddam Angliya terma jamoasi safida debyutini o‘tkazishga ham ulgurgan.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *