Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» futbolchilari bosh murabbiylik uchun faqat bir nomzod tarafdori

«Barsa» futbolchilari bosh murabbiylik uchun faqat bir nomzod tarafdori

Автор: admin

«Barselona» futbolchilari klubning yangi bosh murabbiyi sifatida hozirda Qatarning «As-Sadd» klubini boshqarayotgan Xavini ko‘rishmoqda. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Jamoa yetakchilari kollektivni birlashtira oladigan yagona mutaxassis deya Xaviga ishonishmoqda. Ularning fikricha, faqatgina Xavi jamoa o‘yinini kuchaytira olish qobiliyatiga ega.
Avvalroq, «Barselona» rahbariyati YeCHL chorakfinalida «Bavariya»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin (2:8) bosh murabbiy Kike Setenni iste’foga chiqarmoqchiligi, uning o‘rniga yangi bosh murabbiy sifatida Maurisio Pochettino, Ronald Kuman va Xavining nomzodi asosiy da’vogarlar ro‘yxatida ekanligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Ernesto Valverde iste’foga chiqarilgach, Xavi «Barselona» rahbariyatining taklifiga rad javobini berib, «Kataloniyaga qaytishning mavridi emasligi» haqida gapirgandi.
113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *