Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » “Borussiya D” o‘rtoqlik o‘yinida 11 ta gol urib g‘alaba qozondi

“Borussiya D” o‘rtoqlik o‘yinida 11 ta gol urib g‘alaba qozondi

Автор: admin

Dortmundning “Borussiya” klubi 16-avgust kuni “Austriya”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Klaudio Reyna ikki bor avstriyaliklar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Rafael Gerreyru va Manuel Ferai bir martadan to‘p kiritishga erishdi. “Austriya”ning javob goliga Kristof Monshayn muallif bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda dortmundliklar yana yettita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jeydon Sancho, Emre Jan, Marius Volf, Torgan Azar, Jud Billingem, Taylan Duman va Niko Shults “arilar” gollariga muallif bo‘ldi.
O‘rtoqlik o‘yini
16-avgust, yakshanba

“Borussiya D” Germaniya — “Austriya” Avstriya 11:2

Gollar: 1:0 – 9 Reyna, 2:0 – 23 Reyna, 2:1 – 33 Monshayn, 3:1 – 41 Gerreyru, 4:1 – 44 Ferai, 5:1 – 52 Sancho, 5:2 – 53 Yukich, 6:2 – 65 Jan, 7:2 – 73 Volf, 8:2 – 76, penalti Azar, 9:2 – 77 Bellingem, 10:2 – 81 Duman, 11:2 – 86 Shuls.
“Borussiya D”: Byurki (Xits, 46), Morey (Volf, 46), Menye (Azar, 46), Akanji (Sancho, 46), Passlak (Dileyni, 46), Reyna (Shults, 46), Knauff (Rashl, 46), Ferai (Pishchek, 46), Vitsel (Jan, 46), Brandt (Duman, 46), Gerreyru (Bellingem, 46).
“Austriya”: Pents (Helach, 46), Madl, Borkovich (Zaks, 46), Zuttner (Svirshits, 46), Ebner (Xan, 46), Gryunvald (Radulovic, 46), Demaku (Marchinko, 46), Vimmer (Pixler, 46), Sarkariya (Handl, 46), Monshayn (Yukich, 46), Meshter (Braunoder, 46).
50   
Добавить комментарий
Ваше имя: *