Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » OAV: Messi oktyabrgacha «Barselona»dan ketadi

OAV: Messi oktyabrgacha «Barselona»dan ketadi

Автор: admin

«Barselona» yetakchisi Lionel Messi «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqida yana mish-mishlar paydo bo‘ldi. Braziliyaning Esporte Interativo nashri jurnalisti Marselo Bexlerning aytishicha, Messi Kataloniya klubidan ketmoqchi. Jurnalist bu borada «Nou Kamp» oldidan reportaj tayyorlagan.
Bexlerga ko‘ra, Messi klubdagilarga 2021 yilda shartnomasi tugashini kutmay shu yilning o‘zida «Barselona»dan ketishini aytgan. Klubda ishlaydigan odamlardan birining jurnalistga ma’lum qilishicha, Messi hech qachon hozirgiday tushkun kayfiyatda bo‘lmagan. Uning klubdagi boshqaruvdan hafsalasi pir bo‘lgan.
Ispan nashrlarida iddao qilinishicha, aynan Bexler Neymar «PSJ»ga o‘tishi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan. Bu jurnalist Barselonada yashaydi va ishlaydi. Oldinroq Messining otasi Milanda uy sotib olgani va «Inter» Messini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri bu borada «Barselona» bilan bog‘langan va klub Messining ketishi haqidagi xabarlarni rad etgan. Ma’lumot uchun, Yevropada transfer oynasi 5 oktyabrgacha davom etadi.
110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *